Tibbiy niqob

ogʻiz va burunni yopadigan va niqobni taqqan odamdan yuqumli zarrachalarni boshqa odamlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtishiga toʻsqinlik qiladigan, bir marta ishlatiladigan tibbiyot buyumi. Bu zamonaviy niqob, odatdagidek, notoʻqima mato (spunbond) dan iborat ikki tashqi qavat oʻrtasida joylashgan filtr qatlamidan (MELT BLOWN), shuningdek, niqobning burun shakliga mos kelishini taʼminlaydigan egiluvchan alyuminiy tasmadan iborat [1]. Niqob quloqqa taqiladigan elastik ilgaklar hisobiga yuzni mustahkam yopadi.

Niqob KN95

GB2626 standarti talablariga muvofiq, KN turidagi niqoblar yogʻli boʻlmagan zarrachalar uchun filtrlash samaradorligiga qarab tasniflanadi. KN95 niqobi 0,075 mikrondan katta oʻlchamdagi yogʻli boʻlmagan zarrachalar uchun 95% dan yuqori filtrlash samaradorligiga ega niqoblar qatoriga kiradi, yangi koronavirus pnevmoniya virusining diametri esa 0,1 dan 0,12 mikrongacha boʻlgan kattalikka ega. Shunga koʻra, KN95 niqobini kiyish virusdan samarali himoyalaydi.

Respirator niqob N95

Respirator niqob – tutunning odamlarga salbiy taʼsirini kamaytirishning eng oson yoʻli. Respiratorlar uchta qavatdan iborat: tashqi – biologik suyuqliklarning sachrashidan himoya qiladi, oʻrta – nafas olish organlarini 0,3 mikrongacha boʻlgan zararli zarrachalardan 95% himoya qiladi, ichki – namlikdan himoya qiladi. N95 turidagi respirator niqoblari, shuningdek, diametri 2,5 mikrongcha va undan kichik boʻlgan zarrachalardan samarali himoya qiladi. Mazkur respiratorlar FFP2 himoya darajasiga ega.