Kombinezon

Bir martalilik kombinezon – biologik va zaharlovchi suyuqliklar, patogen mikrofloralar bilan ishlashda foydalanuvchini ishonchli himoya qiladigan maxsus kiyim. Bir marta ishlatiladigan sterillangan bosh kiyimli kombinezon inson kiymini va tanasini ishonchli himoya qiladi, yuz, qoʻllar va oyoqlar bundan mustasno. Oyoq va qoʻl uchlari rezina tasmalar bilan jihozlangan. Himoya darajasiga koʻra ularning 5 ta turdagisi mavjud. Ularning har biri kombinezon ishlab chiqarishda ishlatiladigan notoʻqima matoning zichligiga bogʻliq.